Videokuzatuv
- Kameralar soni: 1
- Yozuvlarni arxivda saqlash muddati: 7 kun
Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, TAS-IX va Uz-IX:
- FTTB - o‘tkazuvchanlik qobiliyati 100 Mbit/s bo‘lgan portlar orqali ulangan abonentlar uchun tarif rejasi shartlaridan qat’i nazar, haqiqiy kirish tezligi 100 Mbit/s dan oshmasligi kerak. 100 Mbit/s dan yuqori ulanish tezligi tarmoq kommutatorida o‘tkazish qobiliyati 1 Gbit/s bo‘lgan port mavjud bo‘lganda, taqdim etiladi.
- GPON — haqiqiy ulanish tezligi abonent tomonida o‘rnatilgan uskunaning xususiyatlariga qarab, e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin.
- Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy tezlik "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlar uskunalari va serverlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
- 1 Gbit/s dan yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish xizmatini taqdim etish imkoniyati ulanish manzili va tegishli telekommunikatsiya infratuzilmasining mavjudligiga qarab, individual ravishda belgilanadi.
- Tarif rejaga ulanish PPPoE protokoli orqali amalga oshiriladi.
- Xizmatlar texnik imkoniyat mavjud boʻlganda taqdim etiladi.
- Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
“TELECOM TV” portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:
- “TELECOM TV” portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar “TELECOM TV” ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak.
- OTT-servislar Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
- Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
- “TELECOM TV” platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
- Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
- Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
- xDSL texnologiyasi bo‘yicha Internet orqali “TELECOM TV” platformasidan foydalanilganda, kontentni namoyish etish sifati abonent liniyasining uzunligi va abonentda o‘rnatilgan oxirlovchi uskunaga qarab o‘zgarishi mumkin.
“Videokuzatuv” xizmatini taqdim etish shartlari:
- Tarif rejalarida “Videokuzatuv” xizmatini dasturiy ta’minot ko‘rinishida taqdim etish nazarda tutiladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun zarur jihozlar abonent tomonidan mustaqil ravishda sotib olinadi.
- Videokuzatuv kameralari sonini ko‘paytirish yoki videoyozuvlarni saqlash muddatini tarifda belgilangan miqdordan oshirish zarur bo‘lganda, amaldagi tariflarga muvofiq tegishli pullik paketga o‘tiladi.
- Videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda, amaldagi tariflarga muvofiq alohida to‘lov undiriladi.
- Avval o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridan foydalangan holda “Videokuzatuv” xizmatini ko‘rsatish ularning “O‘zbektelekom” AK uskunalariga texnik jihatdan mos kelishi sharti bilan amalga oshiriladi.