Yagona hisob
FAQ
OHANG
Telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashda optik tolali aloqa liniyalariga sifatli xizmat ko‘rsatish, yuzaga keladigan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Bu borada mutaxassislarning kasbiy bilimlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari alohida o‘rin tutadi.
“O‘zbektelekom” AK hamda Markaziy filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Filialning bir guruh xodimlari va faol yoshlari uchun poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
“O‘zbektelekom” AKning “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassis xodimlarning telekommunikatsiya va abonent lokal tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Telekommunikatsiya tarmog‘i va abonent lokal tarmoqlarini rejalashtirish, qurish va ishga tushirish” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi.
Tarix – millatning o‘zligini anglash va kelajagini o‘zida mujassam etgan xotiradir. Siyosiy qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini keng targ‘ib etish esa millatning burchidir.
Yuqori tezlikdagi internet xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi, raqamli xizmatlar ko‘lamining kengayishi soha xodimlaridan zamonaviy nazariy bilim va ko‘nikmalarni talab etmoqda.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aloqa xizmatlari sifatini oshirish va soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini rivojlantirish zamonaviy telekommunikatsiya sohasining muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, avariya holatlarida tezkor harakat qilish, nosozliklarni bartaraf etish va aloqa tarmoqlarini qisqa muddatda tiklash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filialida “Optik tolali aloqa liniyalarida avariya-tiklash ishlarini olib borish texnologiyasi” mavzusida bevosita o‘quv kursi tashkil etildi
Bugungi kunda mijozlar ehtiyojlariga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish hamda har bir murojaatga individual yondashish xizmat ko‘rsatish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, xodimlarning mijozlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali xodimlari uchun “TMS Hub” filiali tomonidan tashkillashtirilgan “Mijozga yo‘naltirilganlik: biznesga mijoz ko‘zi bilan qarash” mavzusida ko‘chma seminar-treningga start berildi.
“O‘zbektelekom” AK xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan final musobaqasi doirasida ishtirokchilar uchun Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga ziyorat sayohati tashkil qilindi.